Shunday so'ng, vazir 24-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida o'z huquqidan foydalanib, muddatidan oldin ovoz berdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga ko'ra, saylov kuni o'z yashash joyida bo'lish imkoniyatiga ega bo'lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o'n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi. Demak, 2021-yil 14—20-oktyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o'tkaziladi.