Joriy yilning 16-aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida tumandagi ijtimoiy - iqtisodiy muammolarni oʻrganish maqsadida video konferensiya shaklida toʻgʻridan-toʻgʻri tumanlar aholisi bilan muloqot qilgan edi.
Muloqot davomida Ishtixon tumaniga ham soʻz berildi. Unda, Samarqand davlat universiteti talabasi Xurshida Rahmonova soʻzga chiqib, Davlatimiz rahbariga oʻzining taklif hamda fikrlarini bildirgan edi.
Shu munosabat bilan bugun Ishtixon tumaniga Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari G.Marufova tashrif buyurdi.
Dastlab, G.Marufova tumandagi “Chagʻatoy” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Xurshida Rahmonovaning xonadoniga tashrif buyurdi. Suhbat chogʻida Xurshida nafaqat oʻzining, qishloqdagi xotin-qizlarning orzu-istaklari, intilishlari haqida vazir oʻrinbosari bilan suhbatlashdi.
G.Marufova talaba qiz Xurshidaning naqadar zehnli va shijoatli ekanligini eʼtirof etgan holda unga kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Keyingi yoʻnalish, tumandagi “Ravot” mahalla fuqarolar yigʻini binosiga boʻldi. G.Marufova mahalla raisi hamda xodimlari bilan suhbat oʻtkazib, mahalladagi “Ayollar daftari” boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishdi.
Ishchi guruh Ishtixon tumanidagi xotin-qizlarning bandlik masalasini oʻrganish maqsadida, “Maroqand Sifat Tekstil” MCHJda boʻlishib, tumandagi xotin-qizlarning ish faoliyati, ularni qiynayotgan muammolarini oʻrganishdi va zaruriy tavsilarni berishdi.
Ishtixon tuman hokimligi axborot xizmati