Vazir Sherzod Shermatov Qo'rg'ontepada

    Shu maʼnoda tumanga koʻplab OAV vakillari, turli soha mutasaddilari borib, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yutuqlarni eʼtirof etyapti.

    Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumani keyingi yillarda shiddat bilan rivojlanayotgani bu yerda olib borilayotgan katta-katta loyihalar koʻlamidan ham koʻzga tashlanyapti. Tumanda aholi uchun kerakli maishiy xizmat shohobchalaridan tortib yirik klasterlargacha barpo etilyaptiki, bunday oʻzgarishlar bandlikni taʼminlashda ham muhim omil boʻlyapti.

    Shu maʼnoda tumanga koʻplab OAV vakillari, turli soha mutasaddilari borib, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yutuqlarni eʼtirof etyapti. Kuni kecha tumanga Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoʻrgʻontepa tumanidagi “BPO” logistika markazini ishga tushirish jarayonlari bilan tanishdi.

    Vazir boshchiligida tuman rahbarlari va Andijon viloyati Axborot texnologiyalari parki direktori ishtirokida ajratilgan bino, qurilmalar boʻyicha taʼminot hamda ishchi xodimlarga yaratilishi rejalashtirilgan sharoitlar oʻz joyida koʻrib chiqildi, deb yozmoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.