Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari tayinlandi

    Jollibekov Vladimir Baxtiyarovich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.

    V.Jollibekov tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Indoneziya Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

    Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi kabi masʼuliyatli lavozimlarni muvaffaqiyatli bajargan.