Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi

    “Yer qaʼridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-79-son, 24.05.2024-y.) qabul qilindi.

    Farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:

    • Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida:
    • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (Qoʻmita);
    • Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (Inspeksiya);

    Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida:

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (Agentlik).

    Bunda:

    • Qoʻmita atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
    • Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
    • Inspeksiya yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.