Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Gʻuzor va Yakkabogʻ tumanlari uchun katta mablagʻ ajratiladi

    Mamlakatimizda 3 Mart 2021 2385

    Gʻuzor va Yakkabogʻ tumanlari uchun 1 trln. 267 mln soʻm ajratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi qarorida belgilab oʻtilgan.

    Bugun viloyat hokimi Yakkabogʻ tumani markazini obodonlashtirish va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorida koʻzda tutilgan masalalar taqdimoti bilan tanishib, oʻzining tegishli koʻrsatmalarini berdi.

    “Bu mablagʻlar natija berishi kerak, – dedi Zoyir Mirzayev. – Fuqarolarimiz his qilishi kerak oʻzgarish boʻlganini. Qarorda aholi bandligini taʼminlash hamda ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tadbirkorlarni faol jalb etish orqali sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish, zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish klinikalari va tashxis markazlarini barpo etishga eʼtibor qaratilgani quvonarli”.