Sherzod Abdurasulovich Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari - Taʼlim tizimini rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri etib;
Doniyor Saitkulovich Ermatov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasi mudiri etib;
Shaxobiddin Sharofiddinovich Musayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini taʼminlash masalalari shuʼbasi mudiri etib tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasida tayinlovlar amalga oshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi va apparati tarkibiy boʻlinmalari tuzilmalari yangidan tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbar kadrlari lavozimlarga tayinlandi.
O‘zbekiston dehqon va fermerlari hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlariga
- Rustami Emomalini O‘zbekiston Respublikasining “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston parlamenti Majlisi milliy Raisini qabul qildi
- Dron texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etish masalalari koʻrib chiqildi
- Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda
- Koksaki virusi qanday kasallik va undan qanday himoyalaniş mumkin?