Vazirlik abituriyentlarni noqonuniy OTMlardan ogohlantirdi

    Ta'lim 1 Iyun 2023 1079

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy taʼlim universitetiga qabul boʻlib oʻtayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

    Toshkent milliy taʼlim universitetiga oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya berilmagan

    Vazirlik ushbu xususiy taʼlim muassasasiga oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun hech qanday litsenziya bermagan va uning faoliyati noqonuniy ekanini maʼlum qilib chiqdi.

    Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida koʻrsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy OTMlari roʻyxatidagi oliy oʻquv yurtlarini tanlashlari soʻraldi.