To‘siq qo‘yilishidan avval hududda avtomobillar serqatnovligi natijasida piyodalar yo‘lagi bo‘lishiga qaramay ayni tig‘iz vaqtlari piyodalarning avtoulov qatnov qismiga chiqib ketish holatlari ko‘p kuzatilib, barcha harakat ishtirokchilariga ancha noqulaylik tug‘dirgan.
Aytish joizki, ushbu hududdan nafaqat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, balki Matematika instituti, respublikadagi eng katta O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda ularning huzuridagi akademik liseylar, shuningdek, xususiy ta’lim muassasalarining 50 000 nafarga yaqin o‘quvchi-talabalari, xodimlari ham harakatlanadi.
Shu kabi omillar sabab mazkur hududda yashayotgan, tahsil olayotgan va ishlayotgan fuqarolar murojaatlari hamda jamoatchilik fikri inobatga olingan holda Olmazor tuman Xalq deputatlari kengashi qaroriga asosan joriy o‘quv yilining boshidan hududda avtomobillar harakatlanishi cheklangan.
Yo‘lga to‘siq o‘rnatish, undan o‘tishni belgilash Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilmaydi. Vazirlik xodimlari barcha kabi o‘z avtoulovlarini kirib-chiqishi to‘siqdan tashqarida joylashgan vazirlik hududidagi avtoturargohlarga qo‘yib, belgilangan yo‘l harakat qoidalariga rioya qiladilar.