Vazirlik tizimidagi barcha hududiy rahbarlar ilk bora birgalikda xorijda malaka oshirishmoqda

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi hududiy bo‘linmalar rahbarlari va vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirokidagi delegatsiya ayni vaqtda Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.

    Bundan ko‘zlangan maqsad — maktabgacha va maktab ta’limi sohasida Koreyaning ilg‘or tajribasi, xususan, Koreya amaliyotida ta’lim, boshqaruv tizimi va pedagog kadrlar malakasini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va yechimlarni joriy etish yuzasidan tajriba almashishdan iborat.

    Uchrashuvlar doirasida o‘quv seminarlari va ochiq muloqotlar o‘tkazish hamda bir qator ta’lim muassasalari, xususan:

    Handulmulbit bolalar bog‘chasi, Mosan boshlang‘ich maktabi, Sejon Jang Yeongsil yuqori maktabi, Koreya Milliy Ta’lim instituti faoliyati bilan tanishish ham rejalashtirilgan.

    Tadbirlar davomida, shuningdek Koreyaning diqqatga sazovor maskanlari va tarixiy qamdajolari bilan tanishish ham ko‘zda tutilmoqda.