Suhbatdan so'ng, Tramp o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'idagi akkauntida suhbat ohangidan mamnun ekanligini va Kolumbiya rahbari bilan kelajakda uchrashishiga ishonch bildirdi, deb xabar berdi korrespondent.net.
Trampning so'zlariga ko'ra, Petro ikki mamlakat o'rtasidagi giyohvand moddalar bilan bog'liq vaziyat va “boshqa kelishmovchiliklar”ga oydinlik kiritish uchun qo'ng'iroq qilgan.
“Men uning qo'ng'irog'ini va suhbat ohangini qadrlayman va yaqin kelajakda u bilan uchrashishni intiqlik bilan kutaman”, deb yozdi Oq uy rahbari.