Oldingi tadqiqotlar vazn tashlash yoki sog'lom tana massasi indeksini saqlashning eng samarali yo'li sog'lom ovqatlanish va muntazam jismoniy mashqlarni o'z ichiga olgan turmush tarziga rioya qilish bilan bog'liq ekanini ko'rsatgandi. Biroq, ko'pchilik sog'lom turmush tarziga doimiy ravishda amal qilishi qiyin.
Mutaxassislar 654 ta tadqiqotni o'z ichiga olgan ma'lumotlarni tahlil qilib, raqs ortiqcha vazn va semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar uchun samarali ta'sir ko'rsatishi mumkinligini aniqlashdi. Deyarli har qanday raqs turi, agar muntazam ravishda mashq qilinsa, vazn yo'qotishga yordam beradi, deb xabar beradi lenta.ru.