Qarorga koʻra, vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida mulkdor funksiyalari amalga oshirilayotgan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining quyidagi maʼlumotlari joylashtiriladi:
• ustav fondi;
• davlat ulushi;
• har chorak va yil yakunlari boʻyicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari;
• ishlab chiqarish koʻrsatkichlari;
• ish oʻrinlari soni;
• korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi.
2021-yil 1-yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytida iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik muʼlumotlar, shu jumladan, har chorakda yillik biznes-rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot joylashtiriladi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar quyidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlari boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirib boradi:
biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish;
soliq va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar;
tashqi qarzdorlik;
mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.