Vegetatsiya davri boshlanguncha betonlash ishlarini yakunlash shartligi taʼkidlandi

    Hukumat 12 Fevral 2024 1274

    75 ta yirik kanalni betonlashga byudjetdan 680 milliard soʻm ajratilgan. Asosiy maqsad eng koʻp suv yoʻqotiladigan kanallarni sugʻorish davri boshlanishigacha betonlashdan iborat.

    Lekin, Qashqadaryodagi loyihasi tayyor 9 ta kanalni beton qoplamaga oʻtkazish ishlari bor-yoʻgʻi 34 foizga bajarilgan. Yoki, Sirdaryodagi 3 ta kanalda betonlash boʻyicha bajarilgan ishlar 10 foizga ham yetmaydi.

    Prezident hamma kuchni toʻliq safarbar qilib, vegetatsiya davri boshlanguncha betonlash ishlarini yakunlash shartligini taʼkidladi.

    Suv yoʻqotishlarini kamaytirish va suvni tejab ishlatish Suv xoʻjaligi vazirligining eng asosiy vazifasi ekani qayd etildi.