Velosiped haydashning 5 asosiy foydasi:
1. Yurak va qon-tomir faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Velosiped haydash yurakni chiniqtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, qon bosimini meʼyorda ushlab turishga yordam beradi.
2. Ortiqcha vazndan xalos boʻlishda samarali jismoniy faoliyat turi hisoblanadi. Soatiga 15–20 km tezlikda velosiped haydagan odam 1 soatda 400–600 kaloriya sarflaydi.
3. Diabet va metabolik sindromning oldini oladi. JSST maʼlumotlariga koʻra, jismoniy faollik 2 tur diabet xavfini 30–40% gacha kamaytiradi.
4. Psixologik holatni yaxshilaydi. Tabiatda velosiped haydash stressni kamaytiradi, serotonin va endorfin moddalari ishlab chiqarilishini kuchaytiradi — bu kayfiyat va uyquni yaxshilaydi.
5. Boʻgʻimlar uchun xavfsiz jismoniy mashq turi hisoblanadi. Velosipedda harakatlanish tizzalarga kuchli bosim bermasdan mushaklarni chiniqtiradi — bu ayniqsa yoshlar va keksa yoshdagilar uchun juda foydali.
JSST tavsiyasiga koʻra:
- Kattalar haftasiga kamida 150–300 daqiqa oʻrtacha intensivlikdagi jismoniy faollik bilan shugʻullanishi kerak. Bu meʼyorni yesa velosiped haydash orqali osonlik bilan bajarsa boʻladi!
- Har kuni velosiped haydash — bu oddiy, ammo sogʻligingizni mustahkamlovchi kuchli vositadir. Uni odatga aylantiring va sogʻlom hayot sari harakatlaning!