Venesuela vitse-prezidenti daraxtning ag'anab tushishi oqibatida jarohat oldi

    Venesuela ijrochi vitse-prezidenti Delsi Rodriges “Beril” to'fonidan jabr ko'rgan aholiga yordam berayotib, Sukre shtatida daraxtning ag'anab tushishi tufayli jiddiy jarohat oldi.

    Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Venezolana de Televisión telekanalining jonli efirida ma'lum qildi.

    Maduroning aytishicha, kuchli shamol tufayli bir necha daraxtlar ag'anab tushayotgan paytda u daraxt tagida turgani uchun og'ir jarohat oldi. Uning ma'lum qilishi, Rodriges hushini yo'qotmagan va tez orada tuzalib ketadi.

    Kumanakoadagi “Beril” to'foni sabab bo'lgan suv toshqini tufayli ikki kishi hayotdan ko'z yumdi va besh kishi bedarak yo'qoldi, dedi Venezolana de Televisiónga ichki ishlar vaziri Remixio Sebalos.

    AQSh Milliy to'fonlar markazi avvalroq Atlantika okeanida shakllangan “Beril” to'foni kuchayib, maksimal besh toifaga yetganini xabar qilgan edi. Unga ko'ra, shamolning maksimal tezligi soniyasiga 71 metrga yetdi, bu maksimal kuchga ega to'fonlarni tavsiflovchi Saffir-Simpson shkalasi bo'yicha beshinchi toifaga to'g'ri keladi, deb xabar beradi report.az.