“Bizning maqsadimiz — vaktsina qabul qilish. Uning qaysi davlatdan bo'lishining ahamiyati yo'q. Rossiya yoki Xitoyniki, AQSH yoki Kubaniki bo'ladimi, farqli emas. Bu mamlakatlarning barchasi bilan shartnomalarni imzoladik. Qaysi biridan tezda vaktsina etib kelsa, shuni qo'llayveramiz”, deydi prezident.

Bugungi kunda bu lotinamerika davlatida shu kungacha 53 ming kishida virus qayd etilgan. SHundan 428 nafari vafot etgan. O'tgan haftada ushbu mamlakatda “Radikal karantin” rejimi joriy etildi. Bu bilan hukumat pandemiyaga qarshi kurashni yuqori darajaga olib chiqmoqchi. Buning uchun qo'shni davlatdan yana 1000 nafar kubalik vrach safarbar etilmoqda.