Venetsiya kanallari qurib qoldi

    2020-yil iyunida Venetsiyaning toʻrtdan bir qismini suv bosgandi. Oʻshanda suv sathi meʼyordan 116 santimetr yuqorilagandi.

    Odatda suv sathi koʻtarilishidan jabr chekib kelgan Venetsiya (Italiya)da 2021-yilda buning aksi kuzatilmoqda: suv naq 48 santimetrga pasayib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

    Natijada sayyohlarni tashuvchi mashhur gondola (qayiq)lar qirgʻoqlarda qolib ketdi. Endi venetsiyaliklarga harakatlanish yana-da qiyinlashdi, chunki ularning asosiy transporti eshkakli va motorli qayiqlar edi.

    Venetsiyadagi asosiy suv yoʻli — Grand-kanalda suv hozircha bor. Biroq uning sathi ham anchagina pasaygan.

    Eslatib oʻtamiz, 2020-yil iyunida Venetsiyaning toʻrtdan bir qismini suv bosgandi. Oʻshanda suv sathi meʼyordan 116 santimetr yuqorilagandi.