Muzokaralarda delegatsiyalarga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Péter Szijjártó rahbarlik qildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, sanoat, transport, energetika va ta’lim sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirish masalalarini muhokama qildilar. Toshkent viloyatida qo‘shma sanoat zonasini amalga oshirish va Vengriya investitsiyalarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida ikkita — Stipendium Hungaricum ta’lim dasturi va Basalt Group hamda MOL o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandumlari imzolandi.
Majlis doirasida o‘tgan biznes-forumda Vengriya kompaniyalarining «Yangi Toshkent», raqamli transformatsiya va infratuzilma loyihalarida ishtirok etish istiqbollari muhokama etildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.








