Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bogʻliq jihatlarni muhokama etishdi.
Xususan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar jarayonini liberallashtirish, ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalarini bekor qilish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar bu masalada tegishli choralar koʻrishga kelishib oldi.
Shuningdek, uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish orqali mamlakatlarimiz oʻrtasida sayyohlar oqimini koʻpaytirish bilan bogʻliq jihatlar koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.