Vengriya parlamenti mamlakatning yangi prezidentini sayladi

    Vengriya parlamenti prezident etib Konstitutsiyaviy sud raisi bo'lgan Tamash Shuyokni sayladi.

    67 yoshli Shuyok pedofiliya jinoyatiga aloqador shaxsning avf etilishi bilan bog'liq mojarodan so'ng iste'foga chiqqan Katalin Novakning o'rniga prezident etib saylanadi.

    Shuyok nomzodini parlamentdagi 199 o'rindan 135 o'rinni egallagan “FIDES – Vengriya fuqarolik ittifoqi” hukmron partiyasi va Xristian demokratlar koalitsiyasi ilgari surdi. Ovoz berish jarayonida siyosatchini barcha hukumatparast deputatlar qo'llab-quvvatladi, bu orqali birinchi raunddayoq uning g'alabasini ta'minlashdi, deb xabar beradi lenta.ru.