Vengriya rektorlar Konferensiyasi bosh kotibi bilan uchrashuv

    Ta'lim 26 Oktabr 2021 1171

    Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvchisi sifatida yurtimizda boʻlib turgan Vengriya rektorlar Konferensiyasi bosh kotibi Zoltan Dubetsini qabul qildi.

    Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalariga toʻxtalib oʻtdilar.

    K.Karimov Oʻzbekistonda oliy taʼlim sohasida yuz berayotgan islohotlar va Vengriya bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan rejalar haqida maʼlumot berdi.

    Oʻz navbatida, janob Zoltan Dubetsi Oʻzbekistonda ayni paytda boʻlib oʻtayotgan siyosiy jarayonlarga yuqori baho berdi va soʻnggi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim sohasidagi islohotlarga oʻzining ijobiy fikrini bildirdi.

    Uchrashuv soʻngida tomonlar “2-Rektorlar forumi”ni oʻtkazish va unga tayyorgarlik ishlarini boshlashga kelishib oldilar, deb xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.