Vengriya tadbirkorlari Surxondaryoda bolalar ozuqasi ishlab chiqaradi

    Vengriya kompaniyalarining “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi bilan 5 ming boshli chorvachilik kompleksini tashkil etish

    Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi vakili Soboslai Zoltan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda tomonlarning hamkorlikda loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniyalari mutasaddilari ham ishtirok etdi.

    Muzokara chogʻida avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq Vengriya kompaniyalarining “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi bilan 5 ming boshli chorvachilik kompleksini tashkil etish hamda “Agro prossessing group” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan bolalar ozuqasi ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha boshlangan loyihalar muhokama etildi.

    Uchrashuv yakunida mazkur loyihalarni Oʻzbekiston va Vengriya davlati qonunchiligi doirasida qoʻllab-quvvatlash yuzasidan memorandum imzolandi.