Tashqi ishlar, investitsiya va tashqi savdo, energetika, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklarida va boshqa idoralarda ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish Vengriya tomoni dasturidan oʻrin olgan.
Vengriya delegatsiyasi 15-iyul kuni Qirgʻizistonda ishchi tashrif bilan boʻldi.
Qirgʻiziston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, chorshanba kuni kechqurun tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekovning koronavirusga qarshi kurashda insonparvarlik yordamini taqdim etish boʻyicha ishlar doirasida Bishkekka kelgan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashuvi boʻlib oʻtgan.
Muloqotda ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, shu jumladan Qirgʻiziston Prezidentining 2020-yilda Vengriyaga tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Peter Siyyarto yaqin kelajakda Qirgʻizistonga Vengriyaning toʻlaqonli faoliyat yuritadigan elchisini tayinlash niyati haqida maʼlumot berdi.
Vengriya tomoni, shuningdek, Avstriyada yashovchi Qirgʻiziston fuqarolari tomonidan yuborilgan yordamni ham taqdim etdi.
Peter Siyyartoning tashrifi yakunida ikki mamlakat diplomatik akademiyalari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.