Ushbu loyiha ishga tushsa, viloyat aholisining parranda goʻshti va tuxumga talabi toʻliq qoplanadi.
Xovos tumanida 50 gektar yer ajratilsa, vengriyalik tadbirkorlar texnopark tashkil qilib, 300 million dollar investitsiya kiritmoqchi.
Viloyat hokimligiga Vengriyaga borib, Sirdaryo viloyati imkoniyatlarini taqdimot qilish va loyihalar paketini shakllantirish topshirildi.
Vengriya tomoni Xovosning 2 ta mahallasida “aqlli qishloq” dasturini amalga oshirish taklifini bergan. Bunda mahallaga ajratilayotgan mablagʻlar shaffofligi, ehtiyojmand oilalarga berilayotgan koʻmak, boʻsh ish oʻrinlari, tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yagona ochiq tizim orqali aholiga eʼlon qilib boriladi.
Viloyat hokimligi va Boshqaruv samaradorligi agentligiga vengriyalik hamkorlar bilan ushbu yangi tajribani boshlash topshirildi.








