«Magyar Demokrata» – mustaqil va Vengriyaing eng obro‘li gazetalaridan biri. Gazetaning elektron nashrini har oy 1 millionga yaqin odam o‘qiydi.
Muloqot davomida, Vengriyada ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanishi doirasida O‘zbekiston haqidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qiziqish ortib borayotgani e’tirof etildi. Shu bilan birga, har ikki davlat Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) faol a’zolari bo‘lib, boshqa a’zo mamlakatlar bilan yaqin do‘stlik va strategik sheriklikni kengaytirayotganiga urg‘u berildi.
Uchrashuv yakunida gazetada O‘zbekistonga bag‘ishlangan turkum maqolalarni chop etish hamda bu boradagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.