Ikki kishi halok bo'ldi, to'rt nafari turli darajadagi tan jarohatlari oldi.
Politsiya bo'limining ma'lum qilishicha, 67 yoshli ayol va 37 yoshli erkak halok bo'ldi. Samolyot avtoturargoh yaqinida qulab tushgan va portlagan. Mashinalardan biri yonib ketgan. Kabinada bo'lganlar va uning yonida turganlar – ikki nafar yoshi katta odam va ikki nafar bola kuyish va tan jarohatlari olgan. Ular Sekeshfexervar va Budapeshtdagi kasalxonalarga yotqizilgan.
Favqulodda vaziyatdan keyin shou to'xtatildi. Halokat sabablarini tekshirish boshlandi, deb xabar beradi mir24.tv.