Vengriyadagi ralli poygasida sodir bo'lgan avtohalokat oqibatida to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi

    Yakshanba kuni Vengriya shimolidagi Estergom-Nyerges ralli poygasi chog'ida sodir bo'lgan avtohalokatda to'rt nafar tomoshabin hayotdan ko'z yumdi, sakkiz kishi jarohatlandi.

    Baxtsiz hodisa Labatlan va Bayot shaharlari o'rtasida sodir bo'lgan. Skoda Fabia poyga mashinasi sirpanish oqibatida boshqaruvni yo'qotib, katta tezlikda tomoshabinlar ustiga borib urilgan.

    Voqea joyiga sakkizta tez yordam mashinasi va to'rtta qutqaruv vertolyoti yetib kelgan, biroq to'rt kishining hayotini saqlab qolishning imkoni bo'lmagan. Sakkiz nafar tomoshabin, jumladan, bir bola turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi rsport.ria.ru.