Shu yilning 12-sentyabrida Xalq deputatlarining Toshkent shahar Kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar (byudjet tashkilotlari bundan mustasno) uchun tariflarni 15 foizga oshirish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullandi.
Kompaniya tariflarning oshishiga issiqlik va issiq suv ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan energiya resurslari – gaz va elektr energiyasi narxlarining oshishi taʼsir koʻrsatdi.
2023-yilda korxonalar uchun elektr energiyasi tariflari bir necha barobarga oshdi. Ushbu qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun 2023-yil 2-dekabrdan boshlab byudjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar uchun tariflar oshirildi.
Ammo shunga qaramay, 2023/2024-yilgi isitish mavsumi tugagunga qadar aholi uchun tarif oʻzgarishsiz qoldi. 2024-yil 2-apreldan boshlab tarif 15 foizga oshdi, shunda ham bu energiya resurslari narxining oʻsish surʼatidan sezilarli darajada past. Bu 2019-yildan buyon aholini tarifini ilk oshishi edi.
Subsidiyalar haqida
Amaldagi aholi tarifi, bazaviy tarifning 16%ni qoplaydi. Kutilayotgan 15% oʻsishdan keyin esa 18%ni qoplay boshlaydi. Qolgan qismi doimgidek davlat subsidiyalari bilan qoplanadi.
Yangi tariflar qachon kuchga kiradi?
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori — yangi tarifni tasdiqlash va qoʻllash boʻyicha oraliq bosqich hisoblanadi. Keyingi qadamlar:
1. Kengashning qarori koʻrib chiqish uchun Toshkent shahar hokimiga yuboriladi.
2. Hokim qarorining loyihasi tanishish va jamoatchilik muhokamasi uchun www.regulation.gov.uz portalida eʼlon qilinadi. Muhokama muddati — 15 kun.
3. Yakuniy qarorni Toshkent shahar hokimi imzolaydi. Tariflar mazkur qaror eʼlon qilingan kundan boshlab 15 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Tariflarning kuchga kirish sanasi Veolia Energy Tashkent kompaniyasining rasmiy resurslarida va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
“Biz tariflarning oshirilishi katta yuklama ekanligini tushunamiz. Ammo Veolia Energy Tashkent kompaniyasi hamma kabi tannarximizni tashkil etuvchi energiya narxiga bogʻliqligini inobatga olishingizni soʻraydi. Tariflarni oshirish majburiy qadamlardan biri. Biz iqtisodiy voqelik va fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash oʻrtasidagi muvozanatni saqlab qolish uchun imkonimiz doirasidagi barcha choralarni amalga oshirmoqdamiz” deyiladi bayonotda.