“Veolia” kompaniyasi hamkorligida qoʻshma loyihalar uchun mintaqaviy platforma yaratiladi

    Xalqaro hamkorlik 5 Mart 2024 838

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi va “Veolia” kompaniyasining Markaziy Osiyo, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari boʻyicha katta ijrochi vitse-prezidenti Filip Gitar boshchiligidagi kompaniya vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Muhokamaning asosiy mavzulari hamkorlik istiqbollari, xususan, barqaror rivojlanish institutini tashkil etish imkoniyatlari boʻldi. Institut kommunal va energetika sohasi uchun muhandis hamda texniklarni tayyorlash bilan shugʻullanadi.

    Shuningdek, “Veolia” kompaniyasi Oʻzbekistonda DXSH sohasida qoʻshma loyihalar uchun mintaqaviy platforma yaratish niyatida ekanini maʼlum qildi. Platformaning asosiy yoʻnalishlari issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya va sugʻorish nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish boʻladi.

    Bundan tashqari, uchrashuvda Oʻzbekistonda “Veolia” kompaniyasi ishtirok etayotgan joriy qoʻshma loyihalar ham muhokama etildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotiga tayanib.