Bu haqda xolding ijrochi direktori Kaan Terzioʻgʻlu Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashuvda gapirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yili, pandemiyaga qaramay, VEONning Oʻzbekistondagi investitsiyalari rejalashtirilgan 40 million dollar bilan 50 million dollarni tashkil etdi.

Oʻtgan yili VEONning Armaniston bozoridan chiqib ketishi fonida Markaziy Osiyoda ularning aktivlari uchun xaridorlarni qidirish toʻgʻrisida paydo boʻlgan mish-mishlar haqidagi savolga javoban Kaan Terzioʻgʻli, Oʻzbekiston mintaqadagi yeng muhim davlatlardan biri boʻlib, kompaniya MDH mamlakatlarida boʻlgani kabi oʻsish uchun katta salohiyatga ega deb taʼkidladi.

«Shuni taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasida SIM-kartalarning toʻyinganligi darajasi 70% ni tashkil etadi, butun dunyoda bu koʻrsatkich 110% ga etadi.

Yaʼni bizda oʻsish uchun imkoniyatlar bor, biz bu mamlakatda foydalanishimiz kerak boʻlgan imkoniyatlarni koʻramiz », – dedi VEON top-menejeri.