Vetnamda birinchi metro liniyasi ochildi

    Voqea-hodisalar 6 Noyabr 2021 1075

    Vetnamda o‘n yil davom etgan qurilishdan so‘ng birinchi metro liniyasi ochildi.

    Vetnam poytaxti Xanoy shahrida o‘n yil davom etgan qurilishdan so‘ng shanba kuni birinchi metro liniyasi ishlay boshladi, deb xabar beradi VnExpress.

    Metro poezdlari yer ustidagi uzunligi 13 kilometrli estakadada harakatlanadi. Safar davomi 12ta stansiyadagi to‘xtab o‘tishlar bilan birga jami 23 minutni tashkil etadi.

    Dastlabki 15 kun yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

    Yana ikkita liniya qurilishi rejalashtirilgan. Metroning ishga tushishidan poytaxt yo‘llaridagi tirbandliklarga barham berilishi kutiladi, deb xabar beradi RIA Novosti.