Avvalroq 179 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgan edi.
Bunday ma'lumotlar mamlakat Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan taqdim etildi.
Bundan tashqari, tabiiy ofat oqibatida 128 kishi bedarak yo'qoldi.
Vyetnamning tabiiy ofatlarga javob berish va qidiruv-qutqaruv milliy qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, “Yagi” super to'foni Vyetnamda so'nggi 30 yil ichida sodir bo'lgan eng kuchli to'fonga aylandi. Tabiiy ofat binolarning, infratuzilmaning keng miqyosda vayron bo'lishiga olib keldi, qishloq xo'jaligi yerlarining katta maydonlariga zarar yetkazdi, deb xabar beradi report.az.