Vyetnamdagi suv toshqinida 87 kishi qurbon boʻldi

    Voqea-hodisalar 19 Oktabr 2020 362

    Vyetnamning markaziy qismida sodir boʻlgan suv toshqini va koʻchki oqibatida kamida 87 kishi qurboni boʻlgan, deb yozadi VN Express mahalliy gazetasi.

    Vyetnamning markaziy qismida ikki hafta davomida yomgʻir sharros quyishda davom etyapti. Tabiiy ofatning kuchayishi tufayli hukumat sal kam 53 ming oilani evakuatsiya qiliga muvaffaq boʻlgan.

    Kuangchi provinsiyasining togʻli hududlarida koʻchki sodir boʻlgan. Va 22 kishi koʻchki qurboni boʻlgan. Bugun esa qutqaruvchilar uyumlar tagidan yana 17 kishini qutqarib olgan, olti kishi bedarak yoʻqolgan.

    Meteorologlar chorshanba kuniga yana kuchli yogʻingarchilik boʻlishi haqida bashorat beryapti. Hukumatning bergan xabariga koʻra, Kuangchi, Txыatxen –Xyue va Kuangnam provinsiyalarining koʻpgina yoʻllari yuvilib ketilgan deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.