Mamlakatimiz farmatsevtika sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini sifatli dori-darmon hamda tibbiyot vositalari bilan ta’minlash, xalqimiz salomatligini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsiyalar va ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi katta xizmatlari uchun Toshkent shahridagi «Serena pharma» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Vijayvargi Satish Rameshchandra O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev