Vilnyusda samolyot turar-joy binosi ustiga qulab tushdi

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, samolyot bortida to'rt kishi bo'lgan.

    Vilnyus xalqaro aeroportiga (Litva) yaqinlashayotgan paytda yuk samolyoti halokatga uchradi. Aeroport vakili Maryus Zelyanyusning LRT milliy radiosi orqali xabar berishicha, samolyot turar-joy binosi ustiga qulab tushgan.

    “DHL samolyoti ikki qavatli turar-joy binosiga qulab tushdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bortda ikki nafar uchuvchi va ikki nafar kompaniya xodimi bo'lgan”, dedi u.

    Uchuvchilardan biri qutqarib olindi. Bortdagi qolganlar haqida hozircha ma'lumot yo'q. Voqea joyida o't o'chiruvchilar ishlamoqda. Uyda odamlar bor-yo'qligi ham noma'lum.

    Samolyot Leyptsigdan Vilnyusga uchayotgan edi, deb xabar beradi tass.ru.