Eksportchilarga koʻmaklashishga boʻlgan eʼtiborsizlik tanqid qilindi

    Soʻnggi oylarda toʻqimachilik mahsulotlarimiz 3 ta yangi bozorga chiqdi, eksport geografiyasi 83 ta davlatga kengaydi.

    Biroq hanuzgacha eksportning qariyb 80 foizi Rossiya, Xitoy va Turkiya bozorlariga toʻgʻri kelayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, Yevropaga eksportni koʻpaytirish dolzarb ahamiyatga ega.

    Yevropa, Amerika va boshqa rivojlangan davlatlar bozoriga yoki brendlarga eksport hajmini oshirish uchun korxonadan xalqaro standart va sertifikat talab etiladi. Lekin eksportchilarimizning 12 foizigina bunday talablarga javob beradi.

    Viloyat hokimlari investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlarining bu boradagi faoliyati sustligi, eksportchilarga koʻmaklashishga eʼtiborsizligi tanqid qilindi.