Viloyat hokimligi xodimlari 39 ta chegara qishloqlarda tunab qaytdi
Mamlakatimizda
1 mar 2021, 09:49
1 756
Prezidentimizning “mahallabay” ish tizimiga oʻtish orqali aholi muammolarini tinglash, fuqarolar shahar markaziga kelib, ovvora boʻlmasligi uchun muammolarni joyida oʻrganish boʻyicha bergan topshiriqlari asosida viloyat hokimi oʻrinbosarlarb va masʼul xodimlarb joriy yilning 27-28-fevral kunlari chegara qishloqlarda boʻldi.
Guruhlarga ajratilgan holda 39 ta qishloqqa borgan hokimlik xodimlari asosiy eʼtiborni aholi muammolariga, natijaga qaratdi. Murojaatlarning 40 foizini qishloqqa olib boradigan va ichki yoʻllar tashkil etdi.
Viloyat hokimi topshirigʻi bilan har bir qishloq boʻyicha alohida-alohida “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanadigan boʻldi.