Mutaxassislar shahardagi Navro'z mahallasida bo'lib, aholi bilan yaqindan suhbatlashdi. “Xonadonbay” davom etgan uchrashuvlar davomida ko'plab muammoli masalalar bo'yicha murojaatlar ro'yxatga olindi.

Shundan kelib chiqib, yechimi muddat talab qilmaydigan murojaatlar yuzasidan tegishli soha vakillariga topshiriqlar berildi.

Ayni vaqtda hududdagi ko'chalarni ta'mirlash, xususan, fuqarolarga har tomonlama zarur sharoitlar yaratish bo'yicha jadal ishlar boshlangan. Mazkur sa'y-harakatlar natijasida 2 ming 751 nafar ko'p millatli Navro'z mahalla aholisiga yetarli sharoitlar yaratish maqsad qilingan.

Ishchi guruhning navbatdagi manzili Bo'stonliq tumanidagi mahallalar bo'ladi.

Toshkent viloyati hokimligi

Axborot xizmati