Viloyatdagi rahbarlar kuniga kamida 5 tadan tadbirkor va xorijiy investorni qabul qiladi

    Endilikda viloyat rahbariyatining masʼuliyatini oshirish boʻyicha Fargʻonada yangi tizim boʻlishi belgilandi.

    Viloyat hokimining oʻzi va har bir oʻrinbosari, 19 ta tuman va shahar hokimi kuniga kamida 5 tadan tadbirkor va xorijiy investorni qabul qilib, ularni muammosini hal qiladi.

    Ular har hafta televideniye, radio orqali aholi va tadbirkorlarga boʻlayotgan oʻzgarishlarni aytib boradi.

    Yil yakunida ularning faoliyati sarhisob qilinib, tegishli chora koʻriladi.

    Viloyat kengashi deputatlari ham komissiya tuzib, har bir raqamni nazoratga olishi muhimligi qayd etildi.