Bunday tadbirlar Buxoro, Navoiy, Namangan, Fargʻona, Xorazm, Toshkent viloyatlarida koʻp oʻtkazilayotgani, lekin Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida bu boradagi ishlar qoniqarsiz ekani aytildi.

Viloyatlar hokimlari Madaniyat vazirligi bilan birgalikda har oy yirik madaniy tadbir oʻtkazishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Tuman va shaharlarda koʻp sayilgoh, xiyobon, istirohat bogʻlari, teatr va madaniyat uylari boʻsh turgani, na turistlarni, na aholimizni oʻziga jalb qila olayotgani qayd etildi.

Hududlar rahbarlariga bu joylarda musiqiy, koʻngilochar va maʼrifiy tadbirlarni muntazam tashkil etib borishga topshiriq berildi.