26-maydan 27-mayga oʻtar kechasi futbol boʻyicha Yevropa ligasi finali boʻlib oʻtdi. Musobaqaning hal qiluvchi oʻyinida Ispaniyaning “Vilyarreal” hamda Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoalari oʻzaro bahs olib borishdi.
Polshadagi “Gdansk” arenada boʻlib oʻtgan final oʻyini penaltilar seriyasigacha yetib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Gollarga ispaniyaliklar safidan Jerar Moreno, angliyaliklardan esa Edinson Kavani mualliflik qilishdi.
“Vilyarreal” jamoasi penaltilar seriyasida 11:10 hisobida gʻalaba qozonib, Yevropa ligasi chempioniga aylandi.