Virus balosi yonginamizda, undan himoyalanish uchun vaksina oling, bexavotir boʻlasiz

    Salomatlik 7 Iyul 2021 1050

    Mana ikki yildirki, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashib, undan himoyalanishga harakat qilib yashayapmiz. Yurtimizda yana koronavirusga chalinganlar soni ortib borayotgan ayni paytda eng avvalo oʻzimizga, oilamizga, atrofimizdagilarga eʼtiborli boʻlishimiz zarur.

    Afsuski, koʻcha-koʻyda niqobsiz yurganlarni har qadamda uchratyapmiz. Nega odamlar bunchalar befarq, niqobsizlar niqoblilardan koʻp?

    Virusdan himoyalanishning eng maʼqul yoʻli vaksinatsiya boʻlib, 18 yoshdan oshgan va emlanishni istagan fuqaro yashash hududidagi oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, shifokor koʻrigidan oʻtishi va shifokor tavsiyasiga koʻra vaksina qabul qilishi mumkin.

    Vaksinalar immunitet tizimini mustahkamlab, yuqishi mumkin boʻlgan viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi.

    Biz bugun oilamiz bilan Guliston shahar 4-son oilaviy poliklinikada virusga qarshi emlandik.

    Salomatligimiz oʻzimizga va yaqinlarimizga kerak. Siz ham vaksina oling, bexavotir, beziyon yashaysiz.

    Dilfuza Jarbekova,
    DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi

    Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar

    shoʻbasi yetakchi maslahatchisi