Uning fikricha, kasallanishlar sonining oʻsishining ikkinchi toʻlqini oktyabr-noyabr oylarida boshlanishi kerak.
Virusologning taʼkidlashicha, COVID-19 ning mavsumiy ekanligi aniq ifodalanmagan, shuning uchun koronavirusning issiq havoda “tinchlanishi” notoʻgʻri boʻlib chiqdi.
“Lekin, oktyabr-noyabr oylarida, yaʼni namlik va salqin havo hukm sura boshlaganida koronavirus yana bosh koʻtaradi”, — deb qoʻshib qoʻydi Altshteyn.
Virusolog ikkinchi toʻlqinda koʻplab odam kasallanishini, lekin oʻlim holati kam boʻlishini taxmin qildi.
Koronavirusning dastlabki ikki holati Rossiya hududida 31-yanvarda Xitoy fuqarosida aniqlangan edi.
11-martda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi koronavirusni pandemiya sifatida eʼlon qildi.
Rossiyada chora sifatida dam olish kunlari, bir qator hududlarda esa oʻzini oʻzi yakkalash eʼlon qilingandi, aviaqatnovlar toʻxtatilib, chegaralar yopilgandi, deb xabar beradi gazeta.ru