SHu tariqa "Visit Uzbekistan" Covid-19 pandemiyasi natijasida global o'zini-o'zi yakkalash mavzusi bo'yicha kreativ muqova ishlab chiqish bo'yicha jahon trendlariga qo'shildi. Dolzarb mavzudagi muqovada iqtidorli suratchi Canoniy Photography tomonidan Xivaning ilhombaxsh fonida olingan yorqin sayyoh obrazi illyustratsiya qilingan. U o'zida an'analar ruhiyati hamda zamonaviy tendentsiya va voqelikni birlashtiradi. Mazkur muqovani yaratishdan ko'zlangan maqsad barchaga sayohatlar vaqtincha cheklangan bo'lishiga qaramay, bizning tasavvur va orzularimiz chegaralari doimo ochiq ekanligini hamda biz yaxshilik haqida o'ylab, fikrlarimizni ijobiy tomonga yo'naltirishimiz kerakligini eslatishdan iboratdir.

— Hammasi ongimizdan boshlanadi. Moda va sayohat esa bizni ilhomlantirish va fikrlarimizni o'zgartirishi mumkin. Orzular olamidagi sayyoh obrazini yaratishda men "pijama uslubi" va o'zbek etnik motivalarini uyg'unlashtirishga qaror qildim, zero ishonamanki, tez orada "shaharga qaytganimizda" aynan shunday obraz dolzarb bo'ladi —  deydi Azucar Moreno brendi asoschisi va dizayneri Kamola Rustamova.

Bundan tashqari, karantin sharoiti, shuningdek, dunyo bo'ylab jurnal o'quvchilarining ko'p sonli iltimoslarini inobatga olgan holda, tahririyat o'z tarixida birinchi marta yangi sonning elektron versiyasini o'qish imkoniyatini taqqdim etdi. SHunday ekan, "Visit Uzbekistan"ning 24-sonini Issuu xalqaro platformasida ko'rish mumkin. "Visit Uzbekistan" jurnalining yangi soni alohida ahamiyatga ega, chunki u butun jamoa uchun noodatiy  bo'lgan masofaviy sharoitlarda yaratilgan. SHunga qaramay, jurnal yana bir bora o'z maqsadiga - O'zbekistonning go'zalligi va boy madaniyatini turli tomonlardan namoyish qilishga   erishdi. Qadimiy me'morchilik haqidagi ajoyib hikoyalar, O'zbekistonning bahoriy ko'rkam manzaralari, mamlakatdagi sog'lom ovqatlanish trendlari, Dance4Uzbekistan ijtimoiy loyihasi va boshqa ko'plab qiziqarli maqolalar jurnalning yangi sonidan o'rin olgan. SHuningdek, siz O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Sofi Ibbotsonning "Visit Uzbekistan" jurnali uchun maxsus tayyorlangan Navoiy haqidagi maqolasini o'qishingiz mumkin. Jurnalni o'qib chiqqan har bir mehmon O'zbekiston bo'ylab kichik virtual sayohat qilishi va kelajakda mamlakatga tashrif buyurishi uchun ilhomlanishiga umid qilmoqda. Qiyinchilik va sinovli kunarga qaramay, o'zbek xalqi doimo mehmondo'stligicha qolgan va shu bois jurnal butun dunyo  sayyohlarini mamlakatimizda mehmon bo'lishga va xalqimizning o'ziga xos turmush tarzini o'z ko'zlari bilan ko'rishga ilhomlantiradi.