Viskonsin shtatida samolyot halokatga uchradi

    AQShning Viskonsin shtati Nekimi shahrida samolyotning qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib, Associated Press xabar berdi.

    Samolyot Oshkosh Uittman mintaqaviy aeroportida, EAA AirVenture aviashousi o'tkazilgan joydan taxminan 2 milya (3 kilometr) masofada qulab tushdi.

    Vinnebago okrugi sherifi ma'lumotlariga ko'ra, halokat joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari samolyot butunlay yonib ketganini aniqladi. Rasmiylar halok bo'lganlarning ismlarini oshkor qilmadi.

    AQSh milliy transport xavfsizligi boshqarmasi tomonidan halokat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi report.az.