баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Vitaminlarga ishtiyoqingiz baland bo'lmasin

    Vitaminlarning ko'pligi uning etishmovchiligidan kam muammo keltirib chiqarmaydi.

    Allergolog-immunolog Aleksey Bessmertniy Sputnik radiosiga bergan interv`yusida nima uchun gipervitaminozdan saqlanish kerakligini tushuntirdi, deya yozmoqda RIA Novosti. “Immunitet tizimini kuchaytirishga intilayotgan odamlar, ayni paytda damrondorilarni juda ko'p miqdorda sotib olishga harakat qilishmoqda. Ammo agar siz allaqachon yangi sabzavot, meva va yuqori sifatli mahsulotlarni iste'mol qilishga odatlangan bo'lsangiz, bunga hojat yo'q”, — deydi mutaxassis.

    “Taraqqiy etgan jamiyatda, yaxshi ovqatlanadigan odamda vitamin etishmasligi mumkin emas. Ularning barchasi bizning stolimizda. Faqat ayrim mintaqalar uchun Yodomarin va uch yoshgacha bo'lgan bolalar uchun D vitaminining tashqaridan qo'llanilishi bundan istisno. Bundan tashqari, mul`tivitaminlarni qabul qilish nafaqat zararli, balki xavfli ham hisoblanadi”, — deya ta'kidladi shifokor.

    “D yoki A vitaminlarining haddan tashqari ko'p qabul qilish sog'liq uchun etarlicha  xavfli. Bundan tashqari, ko'plab vitaminlar dori-darmon sifatida emas, balki biologik qo'shimchalar sifatida ro'yxatdan o'tgan. Jigar toksik shikastlanishining to'rtdan uch qismi, statistik ma'lumotlarga ko'ra, haqiqatan ham sertifikatlanmagan qo'shimchalarni ishlatish bilan bog'liq bo'lishi mumkin” — deya takidladi mutaxassis.

    Uning so'zlariga ko'ra, vitamin etishmasligi singari unga bo'lgan qiziqish immunitet tizimiga tubdan ta'sir qilmaydi, ammo bu umumiy sog'liqqa zarar etkazishi mumkin.

    Bu, ayniqsa, odamda ko'ngil aynishi, befarqlik, charchoq bilan kechadigan gipervitaminozga sabab bo'ladi. D vitamini ortiqcha bo'lsa, qayt qilish, ya'ni intoksikasiyaning barcha belgilari kuzatilishi mumkin.

    “Bunday holatgacha borish qiyin. Ammo bir hovuch vitamin ichadigan odamlar toksikologiya bo'limiga tushishlari ehtimoldan xoli emas”, — deya xulosa qildi shifokor.