Vizasiz sayohat qilish reytingida Oʻzbekiston pasporti 86-oʻrinni egalladi

    Voqea-hodisalar 7 Yanvar 2021 1126

    The Henley Pasport Index mustaqil reytingida Oʻzbekiston fuqarolari 57 ta davlatga vizasiz kirishi yoki borgandan keyin viza olishi mumkinligi sababli, mamlakat pasporti 86-oʻrinni egalladi.

    Reytingda birinchi oʻrinda turgan Yaponiya fuqarolari 191 ta davlatga vizasiz kirishlari yoki borgandan keyin viza olishi mumkin. Singapur ikkinchi (190 ta davlat), Janubiy Koreya va Germaniya uchinchi oʻrinda (189 ta davlat).

    Buyuk Britaniya va AQSh fuqarolari 185 ta davlatga vizasiz kirishlari yoki borgandan keyin viza olishi mumkinligi sababli, ushbu davlatlar pasporti 7-oʻrinda.

    Rossiya 50-oʻrinda (116 davlat), Belarus va Qozogʻiston 70-oʻrinda (75 davlat), Tojikiston 85-oʻrinda (58) va Turkmaniston 90-oʻrinda (53 davlat).

    Suriya (29 davlat), Iroq (28 davlat) va Afgʻoniston (26 davlat) mamlakatlari reytingda eng oxirgi oʻrinlarda.