Vladimir Putin Shavkat Mirziyoevni tug'ilgan kuni bilan muborakbod etdi

    Hukumat 24 Iyul 2024 332

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Sizni tavallud kuningiz bilan samimiy muborakbod etaman.

    Prezidentlik faoliyatingiz bilan yurtdoshlaringiz o'rtasida katta hurmat va yuksak xalqaro obro'-e'tiborga sazovor bo'ldingiz. Sizning rahbarligingizda O'zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishdi, jahon maydonida o'z mavqeini mustahkamladi.

    Davlatlarimiz o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, barcha yo'nalishlarda samarali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan shaxsiy hissangiz beqiyosdir.

    Yaqinda Toshkentda o'tgan samarali muzokaralarimizni iliq eslayman. Rossiya va O'zbekistonning do'st xalqlari farovonligi yo'lida konstruktiv muloqotni va yaqin hamkorlikni davom ettirishdan mamnunman.

    Sizga chin dildan mustahkam sog'lik, baxt-saodat, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman.


    Hurmat bilan,


    Vladimir Putin,

    Rossiya Federatsiyasi Prezidenti