Vladimir Norov “All Nippon Airlines” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 23 Dekabr 2022 572

    2022-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tokio shahrida “All Nippon Airlines” kompaniyasi prezidenti Shinʼichi Inoue bilan uchrashdi.

    Muloqotda turizm va aviatsiya sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

    Yaponiya tomoni mamlakatimizda turizmni faol rivojlantirish, xorijlik sayyohlar uchun shart-sharoit yaratish, turizm infratuzilmasini koʻpaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini ijobiy baholadi.

    Yaponiyadan Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini koʻpaytirish, jumladan, fuqaro aviatsiyasini barcha yoʻnalishlarda rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi taʼkidlandi. Shu nuqtayi nazardan Samarqand, Buxoro, Urganch va Oʻzbekistonning boshqa tarixiy shaharlariga “All Nippon Airlines” aviaqatnovlarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.